Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayyor reja o‘ylab topgan Turkmaniston fuqarosi qamoqqa olindi

Ayyor reja o‘ylab topgan Turkmaniston fuqarosi qamoqqa olindi

Buxoro viloyat IIB TXTB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Turkmaniston fuqarosiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, 2023 yil 28 mart kuni Buxoro shahrida joylashgan MChJ rahbari 29 yoshli M.Z. shahar IIO FMB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 13 mart kuni Turkmaniston Respublikasi fuqarosi 53 yoshli M.M. u rahbarlik qilib kelayotgan MChJga tegishli qiymati 184.800.000 so‘mlik 42 tonna «bitum» qurilish mahsulotini og‘zaki kelishuvga asosan qabul qilib olganini, ammo hozirgi kunga qadar uning pulini bermasdan, uni aldab kelayotganligini bayon etib, undan pullarini olib berishda amaliy yordam berilishini so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar surishtiruv ishlari natijasida, Turkmaniston Respublikasi fuqarosi M.M. o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida joriy yilning 13 mart kuni M.Z.ga tegishli bo‘lgan MChJda ekspeditor bo‘lib ishlovchi Q.S.ning ishonchiga kirib, undan qiymati 184.800.000 so‘m bo‘lgan 42 tonna «bitum» qurilish mahsulotini tarozida o‘lchab olgani aniqlanadi.

M.M. mahsulot pulini bermaslikning ayor rejasini tuzadi. Q.S.ni birgalikda Samarqand viloyatiga borgandan so‘ng pullarini berishiga ishontirib, so‘ngra u  bilan Samarqandga borib, Q.S. mehmonxonada dam olayotganidan foydalanib, mazkur «bitum»ni boshqa MChJda bo‘lgan qarzini qoplash uchun berib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB TXTB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan M.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov davom etmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring