Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bedarak yo‘qolgan shaxsning jasadi molxonada ko‘milgan holda topildi

Bedarak yo‘qolgan shaxsning jasadi molxonada ko‘milgan holda topildi

Bir hafta avval Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Denov tumani «Dahana» mahallasida yashovchi, 1986 yil tug‘ilgan H.Urunov bedarak yo‘qolgani haqida e’lon bergan edi.

«Daryo» nashrining Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, erkak qotillik alomatlari bilan topilgan.

Qayd etilishicha, uning jasadi qotillik alomatlari bilan 26 aprel kuni yashash uyining og‘ilxonasi (molxona) ichida ko‘milgan holda topilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida prokuratura hamda ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘rilgan zarur choralar natijasida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi «j, i» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilib, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring