Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda mudhish jinoyat: erkak yosh xotinining qotiliga aylandi

Buxoroda mudhish jinoyat: erkak yosh xotinining qotiliga aylandi

Buxoro tumanidagi Rabotak mahallasida yashovchi 50 yoshli fuqaro A.D. qonuniy nikohidagi 24 yoshli xotini R.K.ni pichoqlab o‘ldirgan va voqea joyidan yashiringan.

Ayol uning uchinchi xotini bo‘lgan.

Mahalla faolining «Xabar.uz»ga bildirishicha, marhuma Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidan bo‘lgan. U 2019 yilda birinchi turmushidan ajralib, A.D. bilan qonuniy nikohda yashab kelayotgan bo‘lgan.

«A.D.ning qonuniy nikohida bo‘lgan birinchi turmush o‘rtog‘i O.T. 2018 yilda vafot etgan edi. U bir yilcha Buxoro shahrilik ayol N.K. bilan nikohsiz yashab keldi. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay, 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan ajrashdi va biror bir mehnat yoki ish bilan band bo‘lmagani bois, turli bahonalar bilan farzandiga aliment to‘lamay yurdi. 2019 yilda esa qashqadaryolik ayolga uylanib, qonuniy nikohiga oldi. O‘rtalarida 1 nafar voyaga yetmagan farzandlari bor. Afsuski, A.D.ning hech qayerda ishlamasligi ro‘zg‘orda ancha muammolarni keltirib chiqargan», — dedi shaxsini tanishtirishni istamagan mahalla faoli.

R.K. oiladagi yetishmovchilik sababli Rabotak mahallasidagi kafelardan birida ishlashga majbur bo‘lgan. A.D. esa turmush o‘rtog‘ini o‘rinsiz rashk qilib, har kun ishxonasiga borib, janjal ko‘tarib kelavergan. Ayniqsa,  R.K.ning qaynopasi S.M.ning qo‘l telefoniga «keliningiz begona erkaklar bilan yuradi» deya jo‘natilgan asossiz rasmlar A.D.ning g‘azabini battar qo‘zg‘atgan. U jahl ustida kafega borgan va xotini bilan janjallashgan. Janjal oqibatida oshxona pichog‘i bilan R.K.ning chap bel sohasiga og‘ir tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan yashiringan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Buxoro viloyat prokuraturasi axborot xizmatining bildirishicha, ayni paytda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring