Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 3 millionga pullayotgan 22 yoshli ayol qo‘lga tushdi

Chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 3 millionga pullayotgan 22 yoshli ayol qo‘lga tushdi

Foto: IIV

Shu yilning 3-iyun kuni taxminan soat 15:30 larda, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro 22 yoshli N.Y. o‘zining 23 kunlik chaqaloq farzandini sotishga urindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabar bermoqda.

N.Y. Navoiy shahrida yashovchi fuqaro N.I.ga farzandini 3.000.000 so‘mga sotishga kelishib, Navoiy shahridagi «Navoiy» jo‘me masjidi yonida pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.Yo. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring