Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Dentafill Plus» MChJ hududiy boshqarmani sudga bergandi. Keyin-chi?

«Dentafill Plus» MChJ hududiy boshqarmani sudga bergandi. Keyin-chi?

Foto: Kun.uz

Avval xabar berganimizdek, «Dentafill Plus» MChJ («Torimed Pharm»ning huquqiy vorisi) javobgar O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga nisbatan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga bergan shikoyat arizasi Yunusobod tuman ma’muriy sudi tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

Mamlakatimizning yetakchi internet nashrlari e’tiboriga tushgan mazkur sud majlisi belgilangan tartibda hujjatlarni talab qilib olish uchun ishni ko‘rishni 2019-yil 4-iyul kuni soat 11.00 ga qoldirgan edi.

Oliy sud Matbuot xizmati boshlig‘i v.b. Olimjon O‘sarovning ma’lum qilishicha, bugun soat 11:00da sud majlisi davom ettirildi va sud majlisida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi «Torimed Pharm» MChJga nisbatan qo‘zg‘atilgan 09/09-sonli ish bo‘yicha to‘plangan materiallarni sudga taqdim qildi.

Sudning ajrimi bilan uchinchi shaxs «Colgate – Palmolive Company» kompaniyasi vakilining O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan «Torimed Pharm» MChJga qo‘zg‘atilgan 09/09-sonli ish bilan tanishish va ishni boshqa kunga qoldirish haqidagi iltimonomasi qanoatlanitirildi va ishni ko‘rish 2019-yil 12-iyul soat 11:30ga qoldirildi. 

Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring