Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yeri olib qo‘yilgan tadbirkor hokimlik bilan sudlashib, 1,5 mlrd so‘m kompensatsiya undirdi

Yeri olib qo‘yilgan tadbirkor hokimlik bilan sudlashib, 1,5 mlrd so‘m kompensatsiya undirdi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi «Jasur ishlab chiqarish kombinati» (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari Sho‘rchi tuman hokimligidan kompensatsiya undirishda muamolarga duch kelib rosa sarson bo‘lgan.

Aniqlanishicha, tadbirkorga tegishli 22 sotix yer uchastkasi va 351,5 kvadrat metrli binolar davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Sho‘rchi tuman hokimining qaroriga asosan, tadbirkorning mulki buzilishi va yer uchastkasi hokimlik zaxira yer fondiga kiritilishi belgilangan. Biroq kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.

Tadbirkor sudga murojaat qilib, binolar uchun 383 mln so‘m kompensatsiya undirishga erishgan. Ammo yer uchastkasi uchun kompensatsiya masalasi ochiq qolavergan.

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil yordamida tadbirkor yana sudga arz qildi. 2024 yilda Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tadbirkor foydasiga 1,2 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanishi haqida qaror chiqardi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring