Farg‘onalik ayol sobiq eriga tovon puli to‘ladi
Biroz g‘alatiroq, ammo bor gap: Farg‘onaning Uchko‘prik tumanida ayoldan sobiq eriga tovon puli undirildi, shuningdek uy-joyning teng yarmini ham... Bu haqda «Xabar.uz»ga MIB markaziy apparati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Gap shundaki, sobiq erning da’vo arizasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudida qanotlantirilib, sobiq xotinidan uy-joyning teng yarmi, 7.249.329 so‘m kompensatsiya, 3.778.516 so‘m sud harajatlari va 16.110 so‘m pochta harajati undirilishi belgilangan edi.
Ijro hujjati MIBning tuman bo‘limiga kelib tushgach, darhol ishga kirishildi. E’tiborlisi, ayol oyoq tirab turib olgani yo‘q: MIBchilarning tushuntirishlariga quloq solib, uyning yarmini berdi, pulniyam darhol sanadi. Bu bilan u qonunga itoatkorligini ko‘rsatdimi yoki tezroq qutulganiga (erdan ham, qarzdan ham) shukur aytmoqchi bo‘ldimi – kim bilsin?!
MIBchilar esa ayolning xayolidan o‘tayotgani bilan qiziqishgani yo‘q – chunki ular ijro ishi g‘alvasi yopilayotganidan ich-ichidan mamnun edi. Sobiq er-xotinlar o‘rtasida mulkni bo‘lishga oid ishlar janjalsiz bo‘lmaydi-da. Bunga misollar tiqilib yotibdi, axir?!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter