Hamshirani pichoqlagan shaxs uning yaqini bo‘lib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqda «Hamshira pichoqlandi» izohi bilan videotasvirlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 21.40 da Zarbdor tumanining «Mustaqillik» mahallasida istiqomat qiluvchi B.B. o‘zi bilan hozirda birga yashamaydigan turmush o‘rtog‘i D.B.ning tanasiga bir necha marta pichoq urgan.
Shu tumanning «Nurobod» mahallasida istiqomat qiluvchi, tuman tibbiyot birlashmasida hamshira bo‘lib ishlaydigan ayol ayni vaqtda shifoxonada davolanmoqda.
Ayblanuvchi qo‘lga olinib, holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter