Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

IIB katta tezkor xodimi 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi katta tezkor xodimining noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi.

Tezkor xodim o‘zining mansabdor tanishlari orqali, Samarqand shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida ayblanuvchilar sifatida o‘tayotgan 1994 y.t. shaxsga tegishli qismini Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasiga asosan tugatish hamda 2003 y.t. fuqaroga nisbatan esa «uy qamog‘i» ehtiyot chorasini qo‘llagan holda, uni ozodlikda qoldirish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlanib, holat prosessual tartibda rasmiylashtirildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring