Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ijarachi soxta bo‘lib chiqdi

Ijarachi soxta bo‘lib chiqdi

«Telegram» messenjerida ijaraga arzon xonadon topib berishini va’da qilib, o‘zining plastik kartasiga 550.000 ming so‘m o‘tkazdirib olgan shaxs ushlandi.

Toshkent shahar, Chilonzor tumanida yashovchi 28 yoshli X.A. murojaatidan keyin olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi 31 yoshli N.Sh. ismli shaxs sodir etganligi aniqlangan.

O‘rganish davomida N.Sh. hech qanaqa ijarachi emasligi, aslida u maktab qorovuli ekanligi, shuningdek, tanishuvlar jarayonida X.A.ning ishonchiga kirish orqali ijaraga arzon xonadon topib berishni va’da qilib, oldindan to‘lov sifatida o‘zining plastik kartasiga 550.000 ming so‘m pullarni o‘tkazib olgan va uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay uni qora ro‘yxatga kirgazib quyganligini ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan A.P.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Qonunga muvofiq, A.P. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring