Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov lavozimidan ozod etildi — OAV

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Botirovich Tursunov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.
Ulug‘bek Tursunov (1967-yilda tug‘ilgan) 2017-yilning aprelidan buyon Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Qayd etilishicha, uning o‘rniga fevraldan buyon Qo‘qon IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan — Ichki ishlar vazirining jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter