Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Minglab odamlarni qaqshatgan guruhga sud hukmi o‘qildi

Minglab odamlarni qaqshatgan guruhga sud hukmi o‘qildi

Foto: Tergov departamenti

Bugun, 14-sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida «KOREAN AND MIGRATIONS» XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI» MChJ mas’ullariga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudyasi T. Qosimov tomonidan ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, Q. Otaqulov — 9 yil, O. Kabilov — 9 yil, X. Turdiyev — 8 yil 3 oy, M. Aliqulov — 8 yil 3 oy, A. Shamshiddinov — 8 yil 3 oy, M. Otajonova — 5 yil 9 oy 21 kun, R. Nuraliyeva — 6 yil 1 oy, O. Jo‘rayev — 8 yil 3 oy, Kang Nam Kyu — 8 yil 6 oy, J. Xidirov — 6 yil, I. Djabborova — 6 yil 1 oy, F. Kamalov — 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, ayblovga ko‘ra, «Korean and migrations» xususiy bandlik agentligi» MChJ rahbari Q.Otaqulov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va’dalarini berib, ulardan olingan juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Ish bo‘yicha 2 372 nafar jabrlanuvchi, 4 nafar fuqaroviy da’vogar deb topilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring