Namangan va Andijonda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etildi
Namangan va Andijon viloyatlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Pop tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Yo. 938 dona «REGAPEN» dori vositasini 7 700 dollarga sotayotgan vaqtida ushlangan. Undan qo‘shimcha ravishda yana 1 848 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi olingan.
Tekshiruvda M.Yo. dorilarni muqaddam sudlangan tanishi M.S. bilan Farg‘ona shahridan sotib olgani aniqlangan. M.Yo. dorilarni belgilangan joylarga yashirish va saqlash bilan, M.S. esa mijoz topib sotish bilan shug‘ullangani aytilmoqda.
Shuningdek, Baliqchi tumanida fuqaro M.O.ning xonadonidan sotish uchun saqlanayotgan 308 dona «Regapen» topilgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-6-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter