Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zJTSUga o‘qishga kiritishni va’da qilganlar ushlandi

O‘zJTSUga o‘qishga kiritishni va’da qilganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent viloyati va shahrida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘rganuvchi-o‘qituvchisi I.B. fuqaro R.ni 7 000 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimida ishlovchi tanishlari orqali ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishga ishontirib, oldindan 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Uchtepa tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat agrar universiteti sport klubi murabbiyi S.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro Sh.ni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 200 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring