Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodlikka chiqqan shaxslar bilan shug‘ullanuvchi markazlar tashkil etildi

Ozodlikka chiqqan shaxslar bilan shug‘ullanuvchi markazlar tashkil etildi

Foto: «yurcentr.com»

«Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy-maishiy ta’minlash va ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq Ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish markazlari tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalari etib:

  • ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy himoya qilinishini tashkil etish va ta’minlash, tegishli tartibda kiyim-kechak, oziq-ovqat va turar joy uchun bir martalik to‘lanadigan nafaqa puli berish;
  • maqbul ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, soha mutaxassislaridan yordam olish, zarur holatlarda davolanishga, qariyalar va nogironlar uylariga yo‘llanmalar berish;
  • reabilitatsiya qilishda, uy-joy va maishiy hamda boshqa ijtimoiy-maishiy muammolarni hal qilishda, qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar olishda yordam ko‘rsatish belgilandi.

2019-yil 1-yanvardan boshlab jazoni ijro etish muassasalarida, to‘liq ijtimoiy moslashtirish maqsadida mahkumlarni tizimli o‘rganish va ularning ongini o‘zgartirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlarning yagona kompleks tizimi joriy etiladi.

Qarorda belgilanishicha mahkumlarga shaxsiy hujjatlarni tiklash va pasport olishda yordam ko‘rsatiladi, ularning pensiya sug‘urtasi, mehnat daftarchasini rasmiylashtirish shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingunga qadar amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring