Qashqadaryoda arxiv xodimlari qat’iy hisobda turgan hujjatlarni «makulatura»ga pullab yubordi
Yakkabog‘ tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X. R. tuman IIBga murojaat qilib, 2020-yil 13-noyabr kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qat’iy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016-2018-yillardagi jami 3031 dona yig‘ma jild ish hujjatlari yo‘qolganini ma’lum qilgan.
Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Yakkabog‘ tuman davlat arxivchisi Q. D. va arxiv xo‘jalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A. J.lar tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qog‘oz yig‘uvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yig‘ma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter