Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda MIB xodimini yoqib yuborishga qasd qilindi

Samarqandda MIB xodimini yoqib yuborishga qasd qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi xodimlari  tajovuzga uchradi. Ayni ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot xizmati ham, MIB bosh direktorining birinchi o‘rinbosari ham tasdiqladi. Ularga ko‘ra, MIB ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi hal qiluv qaroriga asosan  D.R.ni (1978-y.t., ayol) uy-joydan chiqarish bo‘yicha ijro hujjati kelib tushgan. 

Sud qarorining ijrosiga kirishilishi jarayonida D.R. uy-joydan chiqishdan bosh tortib, MIB xodimlarining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatadi. Bunda ayol xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlar ustiga benzin sepib, yonib turgan sochiqni ularning ustiga uloqtirib yuboradi. D. R.ning bunday xatti-harakati sabab ijro ishi yakuniga yetmaydi.

MIB xodimlari qanday jarohat olgani haqida hali aniq ma’lumot yo‘q. Biroq holat bo‘yicha D.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring