Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud majlisi bayonnomasida asl holat aks etyaptimi?

Sud majlisi bayonnomasida asl holat aks etyaptimi?

Foto: «Xabar.uz»

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi Vohidjon Nazarov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan shahar va tuman sudlari faoliyati o‘rganib chiqilgandi.

Tahlillar ko‘rsatyaptiki, tizim faoliyatida kamchiliklar yetarli ekan. Bu, ayniqsa, hujjatlarni yuritishda ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Ya’ni, sud majlisi kotiblari tomonidan yozilayotgan sud majlisi bayonnomalarida jiddiy protsessual, imloviy va mazmun jihatidan xatolarga yo‘l qo‘yilmoqda. Sudlanuvchi, jabrlanuvchi va sudda ishtirok etuvchi boshqa ishtirokchilarning ko‘rsatmalari tushunarsiz, yuzaki bayon etilayotgani-chi?! Hatto, sudya, prokuror, advokat tomonidan berilgan savollar ham bayonnomada o‘z aksini topmayotgan holatlar uchrab turibdi. Holbuki, bayonnoma muhim hujjat hisoblanib, unda sud majlisidagi holatlar boricha aks etishi kerak. Chiqariladigan sud hujjatlarining xolis, asosli va qonuniyligida sud majlisi bayonnomasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun nima qilish kerak? Viloyat sudi buning ham chorasini topishga harakat qilibdi. Ya’ni, viloyat sudi tomonidan «Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda yuritiladigan sud majlisi bayonnomalari namunalari» qo‘llanmasi tayyorlandi. Ishchi guruhining tahlil natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur qo‘llanma har bir shahar va tuman sudlariga tarqatildi.

Demak, harakat bor. Natijani esa vaqt ko‘rsatadi.

                                                     Ziyo SIROJ, jurnalist
Andijon

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring