Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surayyo Rahmonova jinsiy tutqunlikda ushlangan qiz bilan uchrashdi

Surayyo Rahmonova jinsiy tutqunlikda ushlangan qiz bilan uchrashdi

Foto: Bolalar ombudsmani

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova Qashqadaryoda 7 oy davomida tahdid orqali jinsiy ekspluatatsiya qurboniga aylangan, 2009 yilda tug‘ilgan Ch.T. bilan uchrashdi.

Unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy ko‘mak, ta’lim shart-sharoitlari hamda emotsional-psixologik yordam holatini o‘rgandi.

«Qizaloqning hozirda ahvoli ancha yaxshilanib, barqarorlashgan, psixolog tomonidan unga muntazam ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, pedagoglar jalb qilingan holda bolaga maktab dasturidagi asosiy fanlardan darslar o‘tilmoqda. Jumladan, Ch.T. ingliz tili va kompyuter savodxonligiga katta ishtiyoq ko‘rsatayapti, tasviriy san’atga esa alohida qobiliyati bor.

Samimiy suhbatimiz davomida qizcha kelgusidagi rejalari bilan bo‘lishdi, eng asosiy maqsadi – ta’lim olib, huquqni muhofaza qilish sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishga intilishini bildirdi.

Bolalar ombudsmani bunday mudhish jinoyat qurboni bo‘lgan bolaning har tomonlama reabilitatsiyasi, o‘z tengdoshlari doirasida normal ijtimoiylashuvi va eng muhimi, ta’lim olish imkoniyatlari ta’minlanishi ustidan o‘z kuzatuvini davom ettiradi», deydi Surayyo Rahmonova.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyat bo‘yicha JKning 135-moddasi 3-qismi a bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda Kitob tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring