Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Molxonada saqlangan kelin qutqarildi

Molxonada saqlangan kelin qutqarildi

foto:https://t.me/sur22/49965

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida kelin molxonada saqlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Surxondaryo viloyati IIB rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, bu holat o‘rganib chiqildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 26 avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi mahallalarning birida noma’lum ayol antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilganligi haqida xabar kelib tushgan. Ushbu xabarga asosan, mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, xonadon egalarining qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzib ichkariga kirgan. Holat o‘rganilganda xonadon egasi 1981-yil tug‘ilgan fuqaro Sh.A. shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan oldindan til biriktirib, norasmiy turmush o‘rtog‘i 1997-yil tug‘ilgan fuqaro X.G.ni ruhiy holatidagi o‘zgarishlari borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini to‘liq bayon qilishga qiynalishi) foydalanib bir necha oy davomida ayolga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik ishlatishgani, besh oylik o‘g‘il farzandi bilan xonadon ichidagi molxonada majburlab yashirin ravishda, og‘ir sharoitda saqlab kelishgani aniq bo‘lgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Hozirda jabrlanuvchi X.G. Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limiga, farzandi esa tug‘ruq bo‘limiga davolanish uchun joylashtirilib, ularning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boshqarmasi mas’ullari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Holat yuzasidan, Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 126 prim 1-moddasi 7-qismi «a», «ye» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar Sh.A. va uning ishga aloqador bo‘lgan uch nafar yaqin qarindoshlari protsessual tartibda qamoqqa olingan.

Jinoyat ishi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan va ish yuzasidan barcha tegishli sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlanib, tergov-protsessual harakatlar olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring