Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tabiatni talash qimmatga tushdi

Tabiatni talash qimmatga tushdi

Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Tomdi tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi tungi tezkor reyd tadbiri o‘tkazildi. Nazorat tadbiri davomida tumanning “Ayaquduq” OFY hududida ekologik qonunbuzarlik holati fosh etildi.

Tekshiruv jarayonida fuqaro J.A.ga tegishli, davlat raqam belgilarisiz “Gaz-53” rusumli yuk avtomashinasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi. Avtomashina yukxonasida jami 5 kub metr saksovul butalari borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu saksovullar noqonuniy ravishda qo‘porib olinib, sotish maqsadida tashilayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari, ya’ni 10 million 300 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 29 million so‘m etib hisoblandi va ushbu mablag‘ni undirish belgilandi.

Musodara qilingan saksovullar kam ta’minlangan oilalarga beminnat tarqatildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring