Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tergovchilarga ishni IIB rahbarlaridan mustaqil olib borish huquqi berilishi mumkin

Tergovchilarga ishni IIB rahbarlaridan mustaqil olib borish huquqi berilishi mumkin

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tergov bo‘yicha kadr tayyorlash bo‘yicha yaxlit tizim – Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi. Unda yiliga 200 dan ortiq tergovchi tayyorlanyapti.

Lekin poytaxtda ichki ishlarda 100 ta tergovchi lavozimi uch oydan buyon vakant. Bu yuklama ham boshqa xodimlarga tushgani uchun sifat yo‘qolib borayotgani qayd etildi.

«2025-yil sudda 422 ta shaxs oqlangani sudyalarni mustaqil qaror qabul qilayotganidan dalolat. Bu, albatta, yaxshi! Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Shuncha shaxsning noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi?

Tergovda son emas, sifat bo‘lishi kerak. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillashtirish zarur», – dedi Prezidentimiz.

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi uchun ichki ishlardagi tergovchilar o‘z xizmat vazifasini hududiy ichki ishlar rahbarlaridan mustaqil olib borishi juda muhimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga tergov organlari faoliyatini va ish hajmiga mos ravishda shtatlarni qayta ko‘rib chiqib, qaror va qonun loyihalari to‘plamini kiritish topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring