Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri qo‘lga olindi
Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga olindi.
Xabar qilinishicha, u O‘rtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berish va unga nisbatan chora ko‘rilmasligini ta’minlash evaziga 9 ming AQSh dollari talab qilgan.
Shuningdek, devonxona noziri hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda o‘qiyotganligi bois, talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni so‘ragan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSh dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, devonxona noziriga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter