Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana 18 nafar sudyani javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqildi

Yana 18 nafar sudyani javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashida 18 nafar sudyani intizomiy jazoga tortish masalasi ko‘rib chiqildi.

Bu haqda Kengash matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kengash yig‘lishi natijasiga ko‘ra, 4 nafari sudyaga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llashni rad qilish, 14 nafariga nisbatan rozilik berish haqida qaror qabul qilgan.

Kengash matbuot xizmati intizomiy jazoga tortilayotgan sudyalar soni ko‘payayotganini e’tirof qilar ekan, bu «... ayrim sudyalarning professional salohiyati nechog‘iligidan tashqari ularga qo‘yilayotgan talablar oshib borayotganini ham bildirishini» ta’kidlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Sudyalar oliy kengashi joriy yilning aprel oyi boshida 25 nafar, oyning oxirida esa yana 10 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik bergani xabar qilingandi.

Kengash roziligidan so‘ng intizomiy  jazo choralari tegishli malaka hay’atlari tomonidan qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring