Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana Qashqadaryo. Xotinini olov ichida qoldirgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yana Qashqadaryo. Xotinini olov ichida qoldirgan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Illyustrativ surat

Bosh prokuratura matbuot xizmati bizga xabar berishicha, Qashqadaryoning Mirishkor tumani «Qumbangi» mahallasida yashovchi S.Bahromovning (1991-y.t.) yashash uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Buni o‘z vaqtida ilg‘agan xonadon sohibi turmush o‘rtog‘i D.N.ni (1998-y.t.) uyg‘otib, xavfdan xabardor qilish barobarida xonadan olib chiqish choralarini ko‘rmay, o‘z jonini asrash bilan cheklanadi, xolos. Natijada olov ichida qolib ketgan ayol voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan o‘shandayoq (14.11.2019-y.) S.Bahromovga nisbatan JKning 117-moddasi 2-qismi («Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan va o‘zini o‘zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik») bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Biroq tergov jarayonida yangi holatlar ochilishi natijasida kuni kecha (26.01. 2020-y.) e’lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining 117-modda 2-qismidan 97-moddaning 2-qismiga («Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatda qasddan odam o‘ldirish») qayta malakalandi.

Demak, holat o‘ta jiddiy. Shu bois S.Bahromovga nisbatan «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring