Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarindoshlar nikohi qaysi viloyatlarda ko‘proq uchrayotgani ma’lum bo‘ldi

Qarindoshlar nikohi qaysi viloyatlarda ko‘proq uchrayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh ko‘proq janubiy viloyatlarda kuzatilmoqda. 

Mutaxassislarning aytishicha, bir-biriga begona bo‘lgan eru xotinning tug‘ilajak bolasiga qaraganda qarindoshlar o‘rtasida tug‘ilajak bolada irsiy kasallik xavfi 3-4 baravar ko‘pligi va turli nuqsonlar kuzatiladi. Irsiy kasalliklar bolaning yoshligida bilinmay, yoshi o‘tavergach yuzaga chiqishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yilda Respublika Ona va bola skrining markaziga murojaat qilgan bolalarning 796 tasida irsiy kasalliklar aniqlangan. Nerv-mushak tizimining irsiy kasalliklari aniqlangan 265 ta bolaning 88 tasi, ya’ni 33,3 foizi qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan bolalar ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ushbu muammo ko‘proq Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilmoqda.

Oila kodeksiga ko‘ra, to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi. Endilikda yon shajara bo‘yicha yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh taqiqlanishi mumkin, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Avvalroq Toshkent shahri, Qashqadaryo, Surxondaryo va Namanganda aholi tezroq ko‘payayotgani ma’lum qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring