Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 15-aprel (infografika)

Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 15-aprel (infografika)

Infografika: «Xabar.uz»

Bugun, 15-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 32-kuni.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 14-aprel soat 23:00 holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1165 nafarga yetdi: 99 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 4 nafari vafot etgan.

O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganidan beri eng ko‘p yuqtirish holati 14-aprelda qayd etildi — 167 nafar.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (603,5 ming), Ispaniya (172,5 ming), Italiya (162,4 ming), Fransiya (136,7 ming), Germaniya (131,2 ming) va Buyuk Britaniya (93,8 ming).

AQShda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha ko‘rsatkich Ispaniya, Italiya, Fransiya va Germaniyaning umumiy ko‘rsatkichiga deyarli tenglashdi.

14-aprelning so‘nggi soatlarida (bizning vaqt bilan) dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 1.983.012 nafarga yetdi, shundan 125.121 nafari vafot etgan, 466.373 nafar bemor sog‘ayib ketgan.

Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.


Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring