Koronavirus: O‘zbekiston, yaqin xorij va jahondagi vaziyat, 17-aprel (infografika)

Bugun, 17-aprel — mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganining 34-kuni.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 16-aprel holatiga, mamlakatimizda COVID-19ni yuqtirganlar jami soni 1349 nafarga yetdi: 129 nafar bemor sog‘ayib ketgan, 4 nafari vafot etgan.
16-aprel sanasida O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirganlar soni 47 nafarga ko‘paydi.
«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus eng ko‘p tarqagan mamlakatlar — AQSh (673,2 ming), Ispaniya (182,8 ming), Italiya (168,9 ming), Fransiya (165 ming), Germaniya (136,5 ming) va Buyuk Britaniya (103 ming).
Buyuk Britaniyada koronavirusni yuqtirganlar soni 100 mingdan oshdi.
17-aprelning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus aniqlangan insonlar jami soni 2.171.554 nafarga yetdi, shundan 144.858 nafari vafot etgan, 546.272 nafar bemor sog‘ayib ketgan.
Dunyoning 185 mamlakati va hududida koronavirus mavjud.
Eslatma: ayrim raqamlar soniyasiga yangilanib turgan global manbalardagidan farqlanishi mumkin — koronavirus juda tez tarqamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter