Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar nomi e’lon qilindi

2020-yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalar nomi e’lon qilindi

Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z rasmiy saytida 2020-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga ko‘ra, hisobot topshirgan 1903 ta davlat korxonasining eng yuqori sof foyda olgan 20 ta va eng ko‘p zarar ko‘rgan 10 ta korxona ro‘yxatini shakllantirdi.

Mamlakatimizda bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 578 tani tashkil etadi. Ularning 675 tasi faolliyatsiz, tugatish jarayonida va bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan.

Unga ko‘ra, «O‘ztransgaz» AJ eng ko‘p zarar ko‘rib ishlagan korxona deb topildi.

1. «O‘ztransgaz» AJ — 3574,9 mlrd so‘m;
2. Uzbekistan Airways AJ — 755,7 mlrd so‘m;
3. «Toshissiqsuvqquvati» DUK — 605,2 mlrd so‘m;
4. «Toshkent metallurgiya zavodi» MChJ — 380 mlrd;
5. «Yangi Angren IES» AJ — 245,6 mlrd so‘m;
6. «O‘zbekko‘mir» AJ — 183,8 mlrd so‘m;
7. «Angren IES» AJ — 177,7 mlrd so‘m;
8.«Grand Road Tashkent» MChJ — 89,8 mlrd so‘m;
9.«Paxtakor futbol klubi» MChJ — 82,7 mlrd so‘m;
10. «Angren issiqlik energiyasi» DUK — 54,6 mlrd so‘m.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring