Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

824 milliard so‘mlik 88 ta loyihada qurilish ishlari boshlanmagan

824 milliard so‘mlik 88 ta loyihada qurilish ishlari boshlanmagan

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yangi qurilish loyihalarida tadbirkorlar elektr va gaz ta’minotiga ulanishi uchun texnik shartlar olish tizimini raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.

Bunda tarmoqqa ulanish nuqtasini inson omilisiz avtomatlashgan tarzda tanlash tizimi joriy qilinadi.

Bu yilgi Investitsiya dasturida 1 ming 896 ta loyihaga 20,5 trillion so‘m ajratildi.

Lekin, yilning yarmi o‘tgan bo‘lsa-da, 824 milliard so‘mlik 88 ta loyihada qurilish ishlari boshlanmagani ko‘rsatib o‘tildi va mutasaddilarga oqsoqlikni bartaraf etish yuzasidan topshiriq berildi.

Ayniqsa, 147 ta shifoxonani tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, 80 ta poliklinika va 67 ta shifoxonada, 618 ta maktab va 176 ta bog‘chada qurilish ishlarini belgilangan muddatda yakuniga yetkazish shartligi haqida mas’ullar qat’iy ogohlantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring