Adham Islomov Markaziy bank boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Adham Rustamovich Islomov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
A.R. Islomov Toshkent Moliya institutining bank ishi fakultetida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 1993-yilda O‘zFA Astronomiya institutida boshlagan.
Bank sohasidagi faoliyatini 1998-yilda ATB «Asaka bank»da oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2006-yil aprelidan 2008-yil avgustigacha bankning Xalqaro hamkorlik va eksport-import operatsiyalari departamenti, keyin Moliyaviy tahlil, strategik rivojlanish departamenti boshliqlari o‘rinbosari vazifalarini egallagan.
2008-2011-yillarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, sho‘’ba mudiri lavozimida ishlagan.
2011-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, so‘ng vaqtincha Boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan.
2014-2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti lavozimida ishlab keldi.
Rus, ingliz tillarini biladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter