Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AI-80 benzin narxi tushirildi

AI-80 benzin narxi tushirildi

«O‘zbekneftgaz» AJga tegishli AYoQShlarda benzin narxi 6500 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, neft mahsulotlarining iste’molchilarga yetkazib berilishi to‘liq nazoratga olingan. Bugun, 17 dekabrdan boshlab AI-80 markadagi benzin narxi 6500 so‘mdan sotuvga chiqarilgan.

Bundan avvalgi narx 6890 so‘m edi. Ushbu narx ham aholining noroziligi ortidan tushirilgandi. O‘shanda shoxobchalardagi eng arzon benzin narxi 7390 so‘mga chiqqan, xususiy AYoQShlarda esa 8300gacha oshgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring