Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazildi

Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazildi

Foto: «Xabar.uz»

«Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ-4503-son, 31.10.2019-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qarorga muvofiq, Bank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazilib, u Akademiyaning ta’sischisi etib belgilandi.

2018 va 2019-yillarda Akademiya magistraturasiga qabul qilingan shaxslar uchun magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amaldagi ta’lim dasturlarini, shuningdek, Akademiyaning sarf-xarajatlarini magistraturada davlat granti asosida ta’lim olayotgan shaxslarning o‘qishi tugagunga qadar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra 2020-yilning 1-fevraliga qadar 2020-2025-yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Ma’lumot uchun, Bank-moliya akademiyasi Prezidentning 1996-yil 2-maydagi PF-1460-son Farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring