Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zmilliybank» AJ va Solfy fintex-kompaniyasi foizsiz muddatli to‘lov kartalarini joriy etadi

«O‘zmilliybank» AJ va Solfy fintex-kompaniyasi foizsiz muddatli to‘lov kartalarini joriy etadi

O‘zbekistonning eng yirik banki «O‘zmilliybank» AJ va Solfy fintex-kompaniyasi foizsiz muddatli to‘lov kartalarini joriy etishmoqda. Hamkorlar O‘zbekiston bozorida innovatsion moliya mahsuloti bo‘lgan – Solfy muddatli to‘lov kartalarini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Texnik integratsiya jarayoni faol bosqichda, loyihani yo‘lga qo‘yish esa 2022 yilning 4 apreliga rejalashtirilgan.

Solfy – bu xalqaro fintech kompaniya bo‘lib, u banking, e-commerce va retail sohalarida o‘z faoliyatini olib boradi. Kompaniya turli segmentlardagi do‘konlarni birlashtiradigan platformalarni yaratib, foydalanuvchilarga boshlang‘ich badal va ortiqcha to‘lovlarsiz qulay shartlarda xaridlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Solfy tomonidan yaratilayotgan mahsulot, O‘zbekistonda kunlik xaridlar va to‘lov instrumentlari haqidagi tassavvurni o‘zgartiradi.

Loyiha guruhi shunga o‘xshash loyihalarni Rossiya va Belorusiyada amalga oshirishda ishtirok etgan (hozirgi kunda ushbu davlatlarda 6 mln. donadan ortiq muddatli to‘lov kartalari emissiya qilingan va 200 000dan ortiq hamkor-do‘konlar mavjud). Amalga oshirilgan loyihalar o‘z sigmentida yetakchi hisoblanadi hamda ko‘p marotaba turli ixtisoslashtirilgan sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

«O‘zmilliybank» AJdan Solfy muddatli to‘lov kartasi mijozlarga yashirin to‘lovlar va komissiyalarsiz muddatli foizsiz xaridlarni 12 oy muddatga amalga oshirish imkoniyatini beradi. Muddatli to‘lovda amalga oshiriladigan xaridlar, ixtiyoriy talablarni qondiradigan va keng qamrovli hamkorlar tarmog‘i orqali mavjud bo‘ladi. Solfy O‘zbekistonda loyihani ishga tushirish uchun hamkorlar bazasini shakllantirish bilan faol shug‘ullanmoqda. Loyihaning hamkori bo‘lish yoki u haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi havola orqali anketani to‘ldirish zarur.

Mijozlar esa Solfyning mobil ilovasi orqali hamkor do‘konlarni qidirishi va o‘z balanslarini boshqarishlari mumkin. Hozirdanoq havolasi orqali ariza qoldirish mumkin. Loyiha ishga tushganidan keyin esa, birinchi mijozlar mobil ilovani yuklab olishadi hamda muddatli to‘lov kartalarini rasmiylashtiradilar.

Yaqin bir necha yil ichida 1 mln. donadan ortiq muddatli to‘lov kartochkalarini chiqarish hamda hamkorlar sifatida mamlakatdagi yirik reteyl kompaniyalarining yarmini jalb qilish rejalashtirilgan. Bu esa O‘zbekiston chakana bank xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinni egallashga imkoniyat yaratadi.

Solfy loyihasining hammuassisi Andrey Basuyev, tez kunda ishga tushadigan loyihani sharhlagan holda: «Bizning mahsulotimiz barcha tomonlar uchun foydali: mijozlar juda talabgir va haqiqatda halol mahsulotni qo‘lga kiritadi. Do‘konlar esa, muddatli to‘lov turini yo‘lga qo‘ygan holda, yangi mijozlarni jalb qiladi va savdo hajmini oshiradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston bozorida bunday turdagi mahsulotni paydo bo‘lishi, shundoq ham tezlik bilan rivojlanayotgan mamlakat iqtisodiyotiga, tovar aylanmasi, naqd pulsiz amaliyotlar hajmini va raqamli xizmatlar ko‘lamini oshirish uchun yangi impuls beradi. Bizning tajribamiz va hamkorimiz «O‘zmilliybank» AJning texnologik ko‘lamining kollaboratsiyasi natijasida, mahsulotimizni chinakam ma’noda «xalq mahsuloti» qilmoqchimiz», — dedi.

«Solfydagi hamkorlarimiz bilan ishga tushirayotgan loyihamiz «O‘zmilliybank» chakana biznesining raqamli tranformatsiyasiga sezilarli qadamdir va u ushbu segmentdagi salohiyatimizni sezilarli darajada oshirish uchun mo‘ljallangan. Ishonchim komilki, muddatli to‘lov kartasi ish modeli O‘zbekiston aholisi orasida katta talabga ega bo‘ladi hamda shaffof va adolatli shartlarda olingan qarz mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni qondiradi. Shuningdek, loyiha biznesni mijozlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarga o‘tishini sezilarli darajada tezlashtirishga yordam beradi va tovar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarning kengroq, qulayroq imkoniyatlarini taqdim etadi», — deb ta’kidlaydi «O‘zmilliybank» AJ Chakana blok Boshqaruvchi direktori Mamajonov Iqboljon Ikromovich.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring