Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston» tenderi bo‘yicha Davaktiv agentligi tushuntirish bermoqchi. Agentlikka savdolarni to‘xtatish talabi kiritilgandi

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston» tenderi bo‘yicha Davaktiv agentligi tushuntirish bermoqchi. Agentlikka savdolarni to‘xtatish talabi kiritilgandi

«Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (CCIU)ning 57,118 foizlik davlat ulushi sotilishi atrofida yuzaga kelgan shubha-gumonlar ortidan qator e’tirozlar bildirilmoqda.

Jumladan, «Hydrolife Bottlers» MChJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tender savdolari yuzasidan murojaat yuborib, onlayn savdoda ishtirok etmoqchi bo‘lishgani, ammo qo‘yilgan shartlar O‘zbekistonning birorta kompaniyasi qatnasha olmaydigan qilib tuzilganini qayd etgandi. Shuningdek, «PERFECT SHINE ENERGETIC» MChJ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuborgan murojaatida o‘z e’tirozlarini ochiq bayon qilgandi.

Antikorrupsiya agentligi holatni o‘rganib, «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJ (CCIU) ustav fondidagi davlat ulushini sotish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tender shartlariga kiritilgan bir qator talablar savdolarda qatnasha oladigan shaxslar doirasini keskin kisqartirishga hamda qator korrupsion omillarni keltirib chiqarishga sharoit yaratadi, deya xulosa berdi. Mazkur tender jarayonlarini to‘xtatish yuzasidan taqdimnoma ham kiritdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu taqdimnoma yuzasidan bayonot berdi.

«Taqdimnomada «Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJdagi (keyingi o‘rinlarda – Kompaniya) davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning amaldagi qonunchilik normalariga muvofiqligi va korrupsiya xatari mavjudligi tahlil qilinganligi ma’lum qilingan va tender jarayonlarini to‘xtatish haqida aytilgan.

Ta’kidlash joizki, Agentlikning Kompaniyaning davlat ulushini sotish jarayoni qanday tashkil etilganligi haqida Davaktiv agentligiga va/yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruhga biror bir murojaati kelib tushmagan», — deyiladi bayonotda.

Davaktiv agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda jamoatchilik bilan Kompaniyadagi davlat ulushini shaffof va oshkora tarzda, xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq holda sotish jarayoni yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirib, «shu bilan birga yaqin kunlarda mazkur jarayonning bevosita ishtirokchilari bo‘lgan «The Coca-cola Export Corporation» (AQSh, Atlanta), «Rothschild & Co» investitsiya banki va «Dentons» yuridik firmasining Taqdimnoma bo‘yicha fikrlari jamlanib, jamoatchilikka tushuntirish beriladi», — deya qayd etadi.

Bayonotda «Coca cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MChJdagi davlat ulushini sotish halol, ochiq va shaffof usullarda hamda dunyodagi o‘zining o‘rniga ega va nomiga putur yetmagan xalqaro kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilayotgani» ta’kidlanadi.

Ammo Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «hammasi shaffof» deya aytayotgan ushbu tender atrofida nima uchun shuncha shubha-gumonlar yuzaga kelayotgani, O‘zbekiston kompaniyalarining ushbu savdoda ishtirokini cheklovchi talablar haqidagi e’tirozlarga izoh bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring