Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zA va «Sharq» nashriyoti ko‘chiriladi. Markazdagi 3 gektar hudud esa sotiladi

O‘zA va «Sharq» nashriyoti ko‘chiriladi. Markazdagi 3 gektar hudud esa sotiladi

«Sharq» nashriyoti va O‘zbekiston milliy axborot agentligi boshqa binoga ko‘chiriladi. Ular joylashgan hudud esa sotiladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Sharq» nashriyot-matbaa AJning bino-inshootlari va ishlab chiqarish uskunalari ma’nan eskirib, ta’mirtalab va aksariyati yaroqsiz ahvolga kelib qolgani sababli Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan yangi bino-inshootlarga ko‘chirilmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 42-uyda joylashgan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ning ma’muriy binosi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy manzilidagi Matbuot uyiga ko‘chiriladi.

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-42-uy manzillarda joylashgan (umumiy yer maydoni 3,02 gektar, bino-inshoot maydoni 56 525 kv.m)  bino va inshootlar bo‘shayotganligini inobatga olib, ularning negizida zamonaviy shaharsozlik talablariga mos keluvchi yagona mulkiy majmuani barpo etish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mulkiy majmua bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e’lon qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring