Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YTTB sobiq prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi bo‘ldi

YTTB sobiq prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maslahatchisi bo‘ldi

Suma Chakrabarti.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Suma Chakrabarti o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Taniqli mutaxassis YeTTB prezidenti davrida bir necha bor O‘zbekistonga tashrif buyurgan va Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgan. Pandemiya davrida esa videoaloqa orqali muzokara o‘tkazgandi.

O‘zbekiston Respublikasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi ulkan xizmatlari prezident Suma Chakrabartini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring