Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Foto: «Zamin.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3547-son qaroriga muvofiq, Bekenov Sunatulla Xusanovich​ O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining yig‘ma investitsiya dasturlari va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3546-son qaroriga muvofiq, Kudratov Laziz Shavkatovich O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, shu munosobat bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3548-son qaroriga muvofiq, Vafayev Shuxrat Abdusharifovich O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ijro etuvchi direktori vazifasini bajarish yuklatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring