Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kafe va restoranlar savdosi qariyb 50 trln so‘mga yetdi

Kafe va restoranlar savdosi qariyb 50 trln so‘mga yetdi

2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistondagi umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 49,8 trillion so‘mni tashkil qildi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 8,2 foizga yuqori.

Qayd etilishicha, 2026-yil 1-aprel holatida mamlakat bo‘yicha umumiy ovqatlanish sohasida 27 ming 312 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning yanvar-fevral oylarida ushbu korxonalarning savdo aylanmasi 33,7 trln so‘mga yetgani haqida xabar bergandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring