Kompyuter va elektronika ishlab chiqarish hajmi 2 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida mamlakatdagi yirik korxonalar tomonidan 2 trln so‘mlik kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29,4 foizga oshgan.
Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Toshkent shahri 890,5 mlrd so‘m bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati — 527,6 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyati — 207,1 mlrd so‘m qayd etildi.
Farg‘ona viloyatida 104,2 mlrd so‘mlik, Namangan viloyatida esa 101,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Navoiy viloyatida mazkur ko‘rsatkich 95,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, Jizzax viloyatida 28,8 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 11,1 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Buxoro viloyatida 6,8 mlrd so‘m, Andijonda 5,4 mlrd so‘m, Samarqandda 4,7 mlrd so‘m, Surxondaryoda 1,5 mlrd so‘m, Xorazmda 1,2 mlrd so‘m va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 800 mln so‘mlik ishlab chiqarish qayd etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter