Kun fotosi: Erkinjon Turdimov Afg‘onistonda
Erkinjon Turdimov Balx viloyati rahbari Muhammad Yusuf Vafo bilan.
Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Qobul shahrida “Sirdaryoda biznes qiling!” shiori ostida o‘tkazilgan biznes-forumda qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov, Afg‘oniston Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy, Afg‘oniston Savdo va investitsiyalar palatasi raisi Said Karim Hoshimiy, iqtisodiyot vaziri o‘rinbosarlari, shuningdek, Sirdaryo viloyati delegatsiyasi va afg‘onistonlik tadbirkorlar qatnashdi.

Forum doirasida B2B va G2B uchrashuvlari tashkil etildi. Yakunda umumiy qiymati 300 million AQSh dollariga teng eksport-import kelishuvlari imzolandi. Bitimlar oziq-ovqat, un-g‘alla, tekstil, qurilish materiallari va kimyo mahsulotlarini qamrab oladi.
Tashrif doirasida Erkinjon Turdimov Balx viloyati rahbari Muhammad Yusuf Vafo bilan ham uchrashib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter