MKBANKda Astrasend pul o‘tkazmalari joriy qilinmoqda!

Bank mijozlariga Astrasend xalqaro pul o‘tkazmasi tizimini joriy qilish maqsadida Sokolovckiy banki bilan xalqaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ayni damda Astrasend xalqaro pul o‘tkazmasi tizimini integratsiya qilish jarayoni boshlangan bo‘lib, tizmni yangi yilda ishga tushirish maqsad qilingan.
Endi Rossiyadagi qadrdonlaringiz jo‘natayotgan mablag‘larni hech qanday ovoragarchiliksiz qabul qilishingiz mumkin.
Mazkur tizim to‘liq ishga tushsa, o‘tkazmalarni naqd ko‘rinishda - AQSh dollarida ham olishingiz mumkin bo‘ladi.
Astrasend - Rossiyada yaratilgan va pul o‘tkazmalarining sifatli, tezkor va arzon xizmatini taqdim etishga qaratilgan xalqaro to‘lov tizimidir.
MKBANK bilan uzoqdagi qadrdonlarga yanada yaqinroq bo‘ling!
Bank Axborot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter