Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab dollar sotayotganlar qo‘lga olindi

O‘zbekiston bo‘ylab dollar sotayotganlar qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

O‘zbekistonning uch hududida dollar sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.D. fuqaro Z.Q.ga jami 5 000 AQSh dollarini 64,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shaharida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan E.U. fuqaro N.H.ga jami 3 500 AQSh dollarini 45,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonidan 300 AQSh dollari, 250 yevro, 135,1 ming Rossiya rubli va 57 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida Navoiy shahri “Yangihayot” MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan R.J. fuqaro B.N.ga jami 3 500 AQSh dollarini 45,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring