Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston ikki oyda 14,1 million dollarlik televizor sotdi

O‘zbekiston ikki oyda 14,1 million dollarlik televizor sotdi

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga qiymati 14,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 51,9 mingta televizor eksport qilgan.

Televizor eksporti 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 30,1 mingtaga oshgan.

O‘zbekiston 2 oyda eng ko‘p televizor eksport qilingan davlatlar:

— Rossiya – 34,6 mingta

— Belarus – 6,3 mingta

— Ozarbayjon – 4,9 mingta

— Qozog‘iston – 4,4 mingta

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 2022-yilda xorijga qiymati 43,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 237,1 mingta televizor eksport qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring