Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurilishini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida GES qurilishini muhokama qilmoqda

Bugun, 2020 yil 28 yanvar kuni poytaxtimizga Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki tomonlama hamkorlik doirasida Tojikiston Respublikasi hududida Zarafshon daryosi bo‘yida gidroelektrostansiya bunyod etish masalasini muhokama qilishdir.

Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi tashrifi 28-29 yanvar kunlari davom etadi. Tashrif mobaynida qo‘shni davlat delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda «O‘zbekgidroenergo» AJ rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Tashrif tafsilotlari berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tomonidan imzolangan kelishuvga ko‘ra Zarafshon daryosida hamkorlikda ikkita GES qurilishi belgilab olingan edi. Har ikki GESning umumiy quvvati 320 MVt bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring