Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Xitoydagi markaz bilan 1 mlrd dollarlik loyihalar ishlab chiqmoqda

O‘zbekiston Xitoydagi markaz bilan 1 mlrd dollarlik loyihalar ishlab chiqmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyanni qabul qildi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Markaz mamlakatimizning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shayotgani qayd etildi.

Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va "yashil" sanoatda qator loyihalar amalga oshirildi. Geologiya va qishloq xo‘jaligi sohalarida umumiy qiymati 1 milliard dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi faol almashinuvlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

1984-yilda tashkil etilgan markaz dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan madaniy, ilmiy va ma’rifiy aloqalar o‘rnatgan. Uchta xalqaro vakolatxonasi mavjud.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayevni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon davlatimiz rahbariga Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan, energetika sohasida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama munosabatlar yuqori sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash 17 foizga oshib, yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Energetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Elektr energiyasi barqaror yetkazib berilmoqda va tranzit qilinmoqda, “yashil” energetikada istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston yetakchisi suv energetikasi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy ahamiyatga molik qo‘shma loyihalarni, eng avvalo, “Qambar-ota GES-1”ni qurish loyihasini samarali ilgari surish muhim ekanini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring