Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yil yakunlariga ko‘ra inflyasiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yil yakunlariga ko‘ra inflyasiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2024-yil yakunlariga ko‘ra inflyasiya darajasi 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil uchun mo‘ljallangan Davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan navbatdagi «Fuqarolar uchun budjet» axborot nashrida ma’lum qilindi.

«Inflyasiya darajasini pasaytirish iqtisodiy siyosatning ustuvor maqsadi bo‘lib qolmoqda. XVJ ekspertlarining fikricha, global inflyasiya barqaror ravishda pasayishda davom etadi, biroq aksariyat davlatlarda 2027 yilgacha maqsadli ko‘rsatkichlariga qayta olmaydi», – deyiladi nashrda.

Qayd etilishicha, 2023-2027 yillarda inflyasiya darajasi, jumladan, quyidagicha:

  • 2023-yilda – 8,8 foiz;
  • 2024-yilda – 9 foiz (kutilma);
  • 2025-yilda – 7 foiz (prognoz);
  • 2026-yilda – 5-6 foiz (prognoz);
  • 2027-yilda – 5 foiz (prognoz) bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, inflyasiya bu – ma’lum bir vaqt oralig‘ida tovarlar va xizmatlar narxlarining umumiy o‘sishini ifodalaydigan iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi.  

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring