Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

«O‘zsanoatqurilishbank» Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko‘magida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirmoqda

Joriy yilning 23 iyun kuni «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar hamda kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish uchun 40 mln. AQSh dollariga teng kredit liniyasi ajratilish bo‘yicha qarz bitimi imzolandi.

Mazkur bitim «O‘zsanoatqurilishbank» ATBga respublikamiz bo‘ylab joylashgan bo‘linmalarining keng tarmog‘i orqali YeTTB kredit liniyasi mablag‘larini tadbirkorlik sub’yektlari loyihalariga yo‘naltirish imkonini berib, koronavirus pandemiyasi sharoitida ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga xizmat qiladi.

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB va YeTTB o‘rtasida hamkorlikning faol bosqichi 2019 yilda boshlangan bo‘lishiga qaramay, bu banklar o‘rtasidagi uchinchi bitim hisoblanadi. Bugungi kunga qadar «O‘zsanoatqurilishbank» ATB YeTTBning «Savdoni rivojlantirishga ko‘maklishish dasturi» doirasida emitent va tasdiqlovchi bank sifatida ishtirok etish hamda «Revolver kreditini ajratish bo‘yicha» bitimlar doirasida bank mijozlarining eksport-import amaliyotlarini moliyalashtirib kelayotgan edi.

Bundan tashqari, YeTTB bankni xususiylashtirishga tayyorlash, g‘aznachilik amaliyotlarini takomillashtirish hamda xodimlar malakasi va mijozlar moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari yuzasidan bankka maslahatlar beradi.

Ma’lumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991 yilda ta’sis etilgan. 65 ta mamlakat, Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsiya banki YeTTBning aksiyadorlari hisoblanadi. YeTTB bank tizimlarini isloh qilish, narxlarni liberallashtirish, xususiylashtirish, zarur me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish, malakali maslahat berish, kasbiy tayyorgarlik va texnik ko‘nikmalarga o‘rgatish hamda yirik investitsiyalarni xususiy va davlat sektoriga taqdim etish kabi tadbirlarda faol ishtirok etadi.

Bank Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring