Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Surxondaryo viloyatiga qancha mablag‘ ajratilganini ma’lum qildi

Prezident Surxondaryo viloyatiga qancha mablag‘ ajratilganini ma’lum qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga qilgan tashrifi davomida viloyat faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida viloyatdagi muammolarni ko‘tarib chiqdi va amaldorlar hamda deputatlardan e’tiborli bo‘lishni so‘radi.

— Tuman kengashlariga juda katta vakolatlar berildi. Nima uchun? Chunki ular xalq vakili. Deputat chapak chalib, vaqtini o‘tkazmasdan, xalq dardi bilan yashashi kerak.

Deputat degani menga ham murojaat qilib, «Janob prezident, mana shu masalani hal qilishimiz kerak», — deb shart qo‘yishi kerak. Albatta hamma ishni birdan uddalab bo‘lmaydi, ammo qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.

Surxondaryodagi og‘ir joylarni men sizlardan yaxshi bilaman. Nima uchun muammolarni joyida hal qilmayapsiz? Toshkent yordam beradi, albatta, ammo hududlar ham harakat qilishi kerak emasmi? Viloyatni ko‘tarish uchun 1 trillion 900 milliard so‘m beryapmiz. Bu mablag‘ning nazorati qani? Deputatlarning ovozi qani?

Prezident siyosat yuritadi. Ammo bu siyosatni xalq vakillari, deputatlar amalda ko‘rsatishi lozim.

O‘zbekiston dunyoga ochildi. Hamma harakatlar birimizni ikki qilishga qaratilgan. Ammo hududlarda loqaydlik hamon bor. Muammolarga qaramayapsiz, hurmatli deputatlar. Sherobodda, Boysunda, Sho‘rchida odamlar prezident bilan uchrashish uchun muammosini ko‘tarib yuribdi. Shunday odamlar borligini deputatlar bilmaydimi?

Kim bo‘lmasin, o‘shalar ham o‘zimizning fuqaromiz. Mahallabay degani shu o‘zi — amaldorlar, deputatlar uyma uy yurib, odamlarning dardini eshitishi kerak.

Tuman markazini asfaltlab qo‘yib, ko‘zbo‘yamachilik qilish menga kerak emas. Uzoq qishloqlardan markazga qarab yurishimiz kerak, —dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas