Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev rossiyalik amaldorlarni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev rossiyalik amaldorlarni qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Vitaliy Savelev, Rossiya Prezidenti maslahatchisi Igor Levitin va "Rossiyskiye jeleznie dorogi" kompaniyasi boshqaruvi raisi Oleg Belozyorovdan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Rossiya delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomini yetkazdi.

Joriy yilning 26-28-may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mintaqada samarali transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.

Transport sohasida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, avtomobil, temir yo‘l va aviatsiya yo‘nalishlarida sheriklikni yanada kengaytirish, yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlash muhimligi qayd etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring